Abiturientlar uchun eslatma-2025
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-sonli buyrug‘iga asosan 2025/2026 o‘quv yili uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga hujjatlarni qabul qilish muddati 2025 yilning 21 avgust kuni deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-279-son qarori, shuningdek tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha, Ilovada keltirilgan va ajratilgan tibbiyot mutaxassisliklari bo‘yicha qabul jarayonlari olib boriladi. Kirish imtixonlari test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. Klinik ordinatura mutaxassisligiga mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtixonlar natijalari sinovlar o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 2025/2026-o‘quv yili uchun Ordinatura (Rezidentura) ga nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish filialning rasmiy veb sayt sahifalarida quyidagi manzil platformasi orqali qabul qilinadi.
Hujjat yuborish elektron platforma manzili https://medtoifa.ssv.uz 2025/2026 o‘quv yiliga ro‘yhatdan o‘tish onlayn tarzda amalga oshiriladi:
Hujjatlarni qabul qilish 2025 yilning 21 avgust sanasiga qadar davom etadi.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul tanlangan mutaxassislikga mos ravishda tegishli bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida kirish sinov imtixonlari ikki bosqichda (test sinovlari) amalga oshiriladi.
1 bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo‘yicha og‘zaki sinovlari;
2 bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo‘yicha test sinovlari.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul test sinovlarini o‘tkazish sanasi filial rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
ESLATMA! Abiturientlardan kirish test imtihonlarini topshirishda sanitariya -epidemiologiya qoidalariga va ijtimoiy masofaga rioya qilishlari talab etiladi.
OGOHLANTIRISH! Agar begona narsalar va aksessuarlar (telefon, elektron soat, kalkulyator, har qanday turdagi axborot manbalari, shuningdek pul va boshqa) narsalar topilgan taqdirda abiturient tegishli dalolatnoma tuzgan holda imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi.
MUHIM! Klinik ordinatura uchun tanlovda ishtirok etish uchun abiturient kirish test imtihonlarida ishtirok etishi shart. Agar abiturient test jarayonlarida ishtirok etmasa, test jarayonlaridan chetlashtiriladi.
Mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarini topshirish vaqti (soat)lari ajratilgan guruhlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar institutning rasmiy veb-sayti hamda telegramm kanalida qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, I.Karimov ko‘chasi 64 -uy
Murojaat uchun telefon raqamlari :
+998 90 749-10-10,
Elektron pochta manzili:devonxona@ttatf.uz