You are currently viewing Adabiyotimiz-dahosiga ehtirom.

Adabiyotimiz-dahosiga ehtirom.

Har yili 9-fevral — buyuk bobokalonimiz, shoirlar sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludini keng nishonlash an’anaga aylangan. Bu yil mutafakkir shoir tavalludining 582 yilligi keng nishonlanmoqda

Mutafakkir bobomizning tavallud kuni  munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Filial talabalari  buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shganligini takidlashdi.

Tadbir davomida talaba – yoshlar tomonidan Navoiy ijodiga mansub g‘azallar aytildi. Ayniqsa, ijro etilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.Shundan so‘ng, tadbirga faol ishtirok etgan talaba- yoshlar sertifikat bilan taqdirlanishdi.