You are currently viewing Aholining ruhiy salomatligi, dolzarb masaladir

Aholining ruhiy salomatligi, dolzarb masaladir

  Psixologiya inson ong osti oqimini va inson miyasi turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini o‘rganadi.

  Insondagi diqqat, eʼtibor, tafakkur, emotsiya, o‘z-o‘ziga yordam berish, psixik vaziyatlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikni ruhiyatiga singdirish psixologlarning vazifasiga kiradi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 19 iyundagi “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yana-da rivojlantirish sʼhora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Toshkent  tibbiyot akademiyasi Termiz filiali psixologi G.A.G‘oziyeva aholining sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joylarda tadbir o‘tkazdi.

   Filial psixologi Termiz  shahridagi Viloyat ko‘r tarmoqli Bolalar shifoxonasi hamda”Mashhura”klinikasida bo‘lib u yerdagi  talaba -yoshlar, bemorlar hamda yosh onalar bilan  davra suhbatlarini  tashkil qildi.

  Bundan tashqari psixolog G. G‘oziyeva   Xotin qizlar bo‘yicha dekan maslahatchilar M . Haydarqulova, G. Soliyeva  hamda tyutorlar  bilan birgalikda Termiz shahri «Bog‘zor » mahallasidagi xonadon egalari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.