Joriy yilning 7-fevralida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Navoiyga ehtirom” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda filial ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, xotin-qizlar kengashi filial professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda talabalar tomonidan “G’azalxonlik” baxslari, Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar Navoiy ijodi o‘zbek adabiyoti balki jahon adabiyotida ham o‘ziga xos o‘ringa egaligi borasida fikrlar bildirildi.