Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi tarixi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi 2-son davolash fakultetiga qarashli bo‘lib 2-o‘quv korpusining 2-qavatida joylashgan.
“Anatomiya va klinik anatomiya” kafedrasi yangi о‘quv binosi 2-qavatda joylashgan. Kafedrada o‘quv reja bo‘yicha davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya, fundamental tibbiyot, tibbiy profilaktika yo‘nalishlariga 1- va 2-bosqichlarda odam anatomiyasi, 3-bosqichda esa klinik anatomiya fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kafedrada operatsion xona tashkil qilingan bo’lib, unda talabalar mayda jonivorlar va maxsus mulyajlardan foydalanib, kichik jarrohlik amaliyotlarni amalga oshiradilar. Talabalar dars mashg‘ulotlaridan keyin “Anatomiya bilimdonlari” hamda “Skalpel” to‘garaklarida anatomiya va klinik anatomiya fanlarini chuqur o‘rganadilar. Bundan tashqari, iqtidorli talabalar kafedra xodimlari bilan birgalikda ilmiy ishlarda qatnashishadi va “Talabalar ilmiy jamiyati” aʼzosi sifatida o‘quv va ilmiy anjumanlarda qatnashib kelishmoqda, mahalliy va xalqaro olimpiadalarda sovrinli o‘rinlarni egallashmoqda.
Kafedramiz qoshida yangi o‘quv binosi 1-qavatida “Simulyatsion markaz” tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun zamonaviy texnologiyalar mavjud. Jumladan, “Pirogov” stoli, “VR” ko‘zoynaklar, 3D printer kabilar o‘rnatilgan.
Kafedrada muzey xona tashkil qilingan bo‘lib, unda turli xil mulyajlarni ko‘rish mumkin.
Kafedra xodimlari Termiz shahri va viloyatning turli tumanlarida joylashgan tibbiyot texnikumlari, kasb-hunar maktablari, litsey va maktablar bilan hamkorlik ishlarini amalga oshiradi.
Hozirgi vaqtda kafedramizda 10 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan, 1 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, 1 nafari katta o‘qituvchi, 8 nafari assistent lavozimlarida ish olib borishadi. 8 nafar xodim tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritadi.
Kafedra xodimlarining o‘rtacha yoshi 38 yosh.
Kafedra jamoasi
Hozirda kafedrada faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ilmiy daraja olish uchun quyidagi ilmiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda:
- Boboxonov Sherzod Quchqororovich – 14.00.02- Morfologiya. “Metobbolik sindrom holatida onalardan tug‘ilgan avlodlar yuragining morfologiyasi”.t.f.,professor Axmedova S.M.
- Pardayev Yerkin Soatovich–14.00.36-Allergologiya va immunologiya. “Odamdagi immunitet tanqisligi holatiga kaliforniya chuvalchangidan olingan ekstraktning ta’sirini baholash”. Ilmiy raxbar: b.f.n., dos. Z.A.Nurova ;
- To‘raqulov Nodir Choriyevich–19.00.05-Ijtimoiy psixologiya va Yetnopsixologiya “O‘smirlarda miopiya profilaktikasining ijtimoiy-psixologik jihatlari”. Ilmiy rahbar: psixologiya fanlari doktori, prof. O‘.D.Qodirov.
Ilmiy rahbar : t.f.d.,professor R.J.Usmonov.
- Ishpulatov Sardor Normurodovich–14.00.36-Allergologiya va immunologiya. “Kaliforniya chuvalchangidan olingan zardobning immun tizimining ikkilamchi patologiyalaridagi ta’siri”. Ilmiy raxbar: b.f.n., dos. Z.A.Nurova ;
- Sottorov Bobur Boxodirovich–14.00.16-Normal va patologik fiziologiya. 14.00.35-Bolalar xirurgiyasi. “Bolalarda piyelouretral segment obstruksiyasida endogen intoksikatsiyaning patogenetik jihatlari”. Ilmiy raxbar: t.f.d.,dotsent K.H.Axmedov, t.f.d.,dotsent F.A.Otamurodov.
- Usmonov Sherali Normengliyevich — 14.00.02- Morfologiya.»Tajribaviy homiladorlik holatida buyrakning yukstaglomerulyar apparatidagi morfologik o`zgarishlar».







