You are currently viewing “Antenatal parvarish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

“Antenatal parvarish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan YuNFPAning 2021-2025 yillarda mamlakatlar dasturi asosida rivojlanishi va YuNFPA bilan bundan keyin hamkorlikda ishlash bo‘yicha tibbiy oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, antenatal parvarish asoslarini tadbiq qilish rejalashtirilgan.

   Kuni kecha Termiz Plassa mehmonxonasida “Antenatal parvarish” mavzusidagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

  Mazkur seminarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Akusherlik va ginekologiya, oilaviy shifokorlik, neonatologiya, pediatriya fanlari asistentlari ham ishtirok etishdi.

    Shuningdek, treningda “Homiladorlik va uni olib borish”,“Patologik homiladorlik”, “Homilador ayollarda kamqonlik”mavzulari bo‘yicha prezentasiya-slaydlar namoyish etildi.