You are currently viewing Ayollar huquqlari va gender tenglik

Ayollar huquqlari va gender tenglik

So‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha hamda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu ma’noda, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xotin qizlar kengashi, filial profilaktika inspektori hamda tyutorlar ishtirokida “Ayollar huquqlari va gendir tenglik ” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi ishlar xususida fikrlar bildirildi.