8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “BALLI QIZLAR” ko‘rik-tanlovi ko‘tarinki ruhda va unutilmas lahzalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchi qizlar o‘zlarining go‘zalligi, pazandalik mahorati, iste’dodi hamda zukkoligini namoyon etib, tomoshabinlarga quvonch va a’lo kayfiyat ulashdilar.
Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi:
She’riy tanishtiruv — ishtirokchilar o‘zlarini ijodiy tarzda tanishtirdilar.
Osh uchun sabzi to‘g‘rash mahorati — pazandalik borasidagi chaqqonlik va mahorat sinovi.
Erkin mavzuda iste’dod namoyishi — qo‘shiq, raqs va boshqa ijodiy chiqishlar.
Har bir ishtirokchi o‘z chiqishi bilan sahnaga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Tanlov yakunida eng faol, eng mahoratli va eng iste’dodli qizlar munosib ravishda taqdirlandilar. Mazkur ko‘rik-tanlov Xotin-qizlar kengashi hamda “Qizlarjon” klubi jamoasi tomonidan tashkil etildi.
Barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!