Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “13”-may 174-sonli buyrug‘ida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” , “Informatika
va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida TTA Termiz filialida joriy yilning 20-may sanasidan 24-may sanasiga qadar Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichlari o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Mazkur Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichlaridan I, II va III o‘rinlarni egallagan ya’ni 3 nafargacha g‘olib bo‘lgan talabalar Respublika fan olimpiadasiga ishtirok etish uchun saralab olinadi.
G‘olib talabalar yuqorida nomlari qayd etilgan Respublika fan olimpiadasiga ishtirok etishlari uchun TTA Termiz filiali tomonidan yuboriladi.
Respublika fan olimpiadasining Respublika bosqichidan I, II va III o‘rinlarni egallagan talabalarni oliy ta‘lim tashkilotlarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura mutaxassisligiga o‘qishga imtiyozini qo‘lga kiritib , vazirlikning tegishli diplomlari bilan taqdirlanadi.
Ro’yxatdan o’tish uchun:
+998-88-430-65-65
+998-99-677-00-99