Bugun 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligiga 33 yil to‘ldi.
33 yil! Bir go‘dak tug‘ilib, navqiron 33 yoshga to‘lgan bir davr.
Vatanim bu davrda tetapoya bo‘lding, yiqilding, surilding, yana o‘rningdan turding, harakatda bo‘lding.
Zahmatkash xalqimizning tinimsiz harakatlari, mehnati tufayli yurtimiz qanchadan- qancha bunyodkorliklar, turli sohalarda islohatlar, zafarlar, muvaffaqiyatlar, g‘alabalar olamshumil o‘zgarishlarga yuz tutdi.
Bir necha kunlardan buyon mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasi butun mamalakatimiz bo‘ylab keng nishonlanar ekan, ushbu shodiyona kun bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi O‘zbekiston xalqini chin dildan qutlaydi.
Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin. Bayram barchamizga muborak bo‘lsin! Mustaqqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi.
Bayram tabrigi
- Post author:adm
- Post published:01.09.2024
- Post category:Yangiliklar
You Might Also Like
Joriy yilning 27-29 noyabr kunlari Belorus Respublikasining Minsk shahrida “Oʻzbekiston-Belarus sogʻliqni saqlash va tibbiyot taʼlimi kunlari” tibbiyot forumi bo’lib o’tmoqda.
Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar holidan habar olindi