You are currently viewing Bayrog‘im — faxrim!

Bayrog‘im — faxrim!

Bayrogim faxrim

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Tadbirda Viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Saidov Qahramon Ishbayevich filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi, so‘ngra so‘zga chiqqanlar bayroq — Vatanimiz suvereniteti, milliy g‘ururimiz va mustaqilligimiz timsoli ekanini ta’kidlashdi.

Tadbir davomida Davlat bayrog‘ining tarixiy ahamiyati, uning ramzlaridagi ma’no-mazmun, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida ma’ruzalar tinglandi.

Talabalar, o‘qituvchilar va mehmonlar Vatanimiz ramzlariga bo‘lgan cheksiz hurmat va faxr tuyg‘ularini ifoda etdilar.