Erta tongdan Termiz shahrida “Yangi nafas” sinxron tarzda yugurish marafoni bo’lib o’tdi. Marafonga “Surxon” sport majmuasi yonidan start berildi va Termiz shahar «Bolajon bog’i» atrofidagi katta bayroq yonida yakunlandi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi hamda talaba yoshlari ham ushbu marafonda faol ishtirok etishdi.