You are currently viewing Bitiruvchi 2025

Bitiruvchi 2025

bitiruv

Bugun, TTA Termiz filialining 2025 yil bitiruvchilari uchun Termiz shahridagi muhtasham san’at saroyida o‘zgacha va unutilmas shou dasturi tashkili etildi.
Dastur avvalida filial direktori F. Otamuradov katta orzu-umidlar bilan kelajak rejalarini tuzib, o‘z yo‘llarini belgilab olgan bitiruvchi talaba-yoshlarga bundan keyingi hayot so‘qmoqlarida ulkan kuch-g‘ayrat, omad va zafarlar tiladi.

bitiruv

Shundan so‘ng, yig‘ilganlar viloyatimizning taniqli san’atkorlar ijodidan bahramand bo‘lishdi. Muhtasham san’at saroyida tomoshabinlar tomonidan yuqori kayfiyat atmosferasi hosil bo‘ldi.
Shou bitiruvchilar va muxlislar uchun yoshlik va orzular bayrami sifatida ham qalblarga muhrlandi.