You are currently viewing Biz korrupsiyaga qarshimiz

Biz korrupsiyaga qarshimiz

TTA Termiz filiali korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi, filial tyutorlari hamda 1-kurs talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017-yil kunidagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.11.2023-yil kunidagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-200 – sonli farmoni mazmun va mohiyati, korrupsiyaning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Suhbat yakunida ishtirokchilar tomonidan fleshmob o‘tkazildi.