O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 5.03.2025-yil Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish va ularda halollik vaksinasi orqali korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida viloyat prokuraturasi hamda viloyatdagi OTM.lari o‘rtasida tuzilgan «Qo‘shma reja» asosida viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Sh.Umarxonov tomonidan filialda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda filial professor-o‘qituvchilari, xodimlariga korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida ma’ruza o‘qilib, ular ham jamiyatning faol a’zolari sifatida korrupsiya illatiga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishlari qo‘shmog‘i lozimligi qayd etildi. Qo‘shma reja bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari muntazam olib borilishi ma’lum qilindi.
Biz korrupsiyaga qarshimiz
- Post author:adm
- Post published:19.05.2025
- Post category:Korrupsiyaga qarshi kurash rubrikasi