Korrupsiya muammosi va unga qarshi kurash masalasi hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki bu illatning keng quloch yoyishi o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talaba-yoshlari o‘rtasida «Ta’limdagi korrupsiya og‘ir jinoyat» va «Korrupsiyaga qarshi barchamiz birgalikda kurashamiz» mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” TB bo‘limi boshlig‘i M.Kurbanov , tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbati so‘ngida mavzuga doir videorolik namoyish etildi.