You are currently viewing Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz

Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filial korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan filial “Talaba yoshlar” klubi a’zolariga seminar-trening o‘tkazildi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2024-yil 26-iyundagi 15-son Bayonnomasi va ilovalarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazilgan seminar treningda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirish va ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.