You are currently viewing “Bola jarrohligida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi I-Evrosiyo bolalar jarrohlari konfederatsiyasi kongressi va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etmoqda

“Bola jarrohligida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi I-Evrosiyo bolalar jarrohlari konfederatsiyasi kongressi va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etmoqda

seminar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori
“Bola jarrohligida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi I-Evrosiyo bolalar jarrohlari konfederatsiyasi kongressi va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etmoqda

Ayni daqiqalarda Samarqand shahrida I-Evrosiyo bolalar jarrohlari konfederatsiyasi kongressi hamda “Bola jarrohligida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori boshchiligida professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbirda dunyoning turli davlatlaridan taniqli mutaxassislar, olimlar, tibbiyot sohasi yetakchilari ishtirok etib, bolalar jarrohligi yo‘nalishida ilg‘or tajribalar, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar muhokama qilinmoqda.

Tadbir davomida filial direktori tomonidan xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va filial salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish bo‘yicha samarali muzokaralar olib borilish rejalashtirilgan.