Ayni daqiqalarda, Boysun tumanida “Lazzatli Surxon” festivali o‘tkazilmoqda. Surxondaryo viloyatining milliy qadriyatlari, boy madaniyati va mazali taomlarini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan mazkur festivalda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali xorijlik talabalari ham faol ishtirok etishmoqda.
Xorijlik talabalar o‘z mamlakatlariga xos milliy taomlar, kiyim-kechaklar va madaniy an’analarini namoyish etib, festival mehmonlariga o‘z xalqining madaniy boyliklarini tanishtirishmoqda. .
Ularning faol ishtiroki turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.