Habaringiz bor, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bir guruh talabalari akademik mobillik doirasida o’zlariga biriktirilgan o’qituvchilar rahbarligida Turkiya Respublikasi Izmir shahrida joylashgan Ege universitetida yozgi amaliyotni o’tash maqsadida jo’nab ketishgandi.
Bugun, filial o’qituvchilari va talabalari Ege universitetining o’quv ishlari bo’yicha prorektori dr. prof. Mehmet Ersan bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida, Ege universiteti prorektori talabalar bilan tanishib, suhbat qildilar va amaliyot o’tashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi haqida ta’kidlab o’tdilar.