You are currently viewing Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filialida tibbiyot sohasida «Tadbirkorlar bilan uchrashuv» bo’lib o’tdi.

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filialida tibbiyot sohasida «Tadbirkorlar bilan uchrashuv» bo’lib o’tdi.

   Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuviga Termiz shahrining ko’zga ko’ringan «Mashhura», «O’tan polvon» va «Chori Qurbonov» nomli xususiy klinikalarining bosh shifokorlari tashrif buyurishdi.

   Dastlab, mehmonlar talabalarga o’zlarining ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari, kasbiy faoliyati, ilk qadamlari yo’lida uchragan qiyinchiliklar, muvaffaqiyatlar va kelajakdagi rejalari haqida so’zlab berishdi va talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

    Uchrashuv bahs-munozaralarga boy bo’ldi hamda talabalarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, uchrashuv so’ngida mehmonlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alari topshirildi.