10 / 100 SEO Score

Berdiyev Jonibek Toxirovich

Telefon raqam:

+99893639232

Email:

jonibek1989@mail.ru

Bo‘lim funksiyalar
Sog‘liqni saqlash va turdosh sohalardagi tashkilotlarga maqsadli to‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha shartnomalik munosabatlarini shakllantirish.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialidagi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olish imkoniyatlari hamda bitiruvchilari haqidagi ma’lumotlarni tarqatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialini respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishini ta’minlash.
Sog‘liqni saqlash va turdosh sohalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari portfoliosini shakllantirish, TTA TF bitiruvchilarini ishga taqsimlash, ularni ish bilan bandligi monitoringini olib borish.
Shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarning kontrakt to‘lovlaridan tushadigan mablag‘larni hisobga olish;
Shartnoma bo‘yicha o‘qiydigan talabalar uchun shartnomalarni tayyorlash va tarkatish.  Bo‘lim normativ hujjatlari
TTA TF marketing bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi xujjatlarga asoslangan holda amalga oshiradi:
Tashqi normativ xujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash Vazirligining buyruqlari, boshqaruv va normativ hujjatlari;
Ichki normativ hujjatlar:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, akademiyaning mahalliy normativ aktlari (qo‘llanma, standart va b.), direktor buyruqlari, bo‘lim dasturlari va rejalari hamda Marketing bo‘limi Nizomi.

Professorlar
0
Dosentlar
0
O'qituvchilar
0
Talabalar
0

To'lov-kontrakt asosida o'qitish bo'yicha shartnomalarni rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi 1-toifali buxgalteri