Bugun Denov tumanidagi “qizil” toifadagi va «Yoshlar daftari» da turgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga maishiy texnika, tikuv mashina va turli jihozlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov ham ishtirok etdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Denov tumani «Daxana» va «Oybarak» MFY hududida istiqomat qilayotgan 40 nafar yoshlar biriktirilgan bo’lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, “qizil” toifaga va «Yoshlar daftari» ga kiritilgan mazkur yoshlarning oilaviy sharoiti bilan tanishilgach, ehtiyojlari uchun turli jihozlar topshirildi.
Ma’lumot o’rnida, davlatimiz rahbarining yoshlar bilan yangicha tizimda ishlash bo’yicha bergan topshiriqlariga asosan Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda.