«Oliy ta’limdan keyingi ta’lim» mustaqil izlanuvchilik institutiga hujjat topshirgan nomzodlar DIQQATIGA!
Hurmatli rahbar xodimlar va mustaqil izlanuvchilar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son va 2024-yil 20-avgustdagi 522-son qarorlar talablariga muvofiq, 2025-yilning navbatdagi choragi uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri – mustaqil izlanuvchilikka 15-iyuldan 15-avgustga qadar hujjatlar qabuli Yagona elektron tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshirilgan.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim» Mustaqil izlanuvchilikga hujjat topshirganlar:
Joriy yilning 4-sentyabr kuni soat 10:00-12:00 (vaqt oralig’ida qabul) SUHBAT bo’lib o’tadi.
Suhbatda sababsiz qatnashmagan yoki hujjatlari talab darajasida yuritilmagan nomzod oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinmasligi to’g’risida ogohlantiramiz.
Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, I.Karimov kо‘chasi, 64-uy.