Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.
Shu munosabat bilan, TTA Termiz filiali «Yil talabasi -2023» tanloviga start beradi!
Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
Nomzodlarning ariza va hujjatlar to‘plami «Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi»ga 15-noyabrgacha qabul qilinadi.
Fakultet bosqichi joriy yilning 9-12-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Diqqat tanlov!
- Post author:adm
- Post published:09.11.2023
- Post category:Yangiliklar