You are currently viewing Direktor boshchiligidagi ishchi guruh ijara xonadonlarini o‘rganmoqda.

Direktor boshchiligidagi ishchi guruh ijara xonadonlarini o‘rganmoqda.

   TTA Termiz filiali direktori boshchiligidagi ishchi guruh filial talabalarining yashash sharoitini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.
     Tashrif davomida filial direktori F.Otamuradov talaba -yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi.

    Suhbat davomida filial rahbari tomonidan bugungi talabaning vazifasi dars mashg‘ulotlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olish, bo‘sh vaqtlarini unumli va samarali o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidlandi.

  Samimiy va do‘stona kayfiyatda o‘tkazilgan suhbatda talabalarning mavjud muammolari bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalari, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan talab va takliflari tinglandi.
    Suhbatda yoshlar o‘zlarining qiziqishlari va oldilariga qo‘ygan maqsadlari bilan o‘rtoqlashishdi.