Bugun, 7-aprel sanasida TTA Termiz filiali direktori F.Otamuradov belgilangan dars jadvaliga muvofiq “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Dars davomida talabalarga yurtimizdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir eng so‘nggi ma’lumotlar yetkazildi.
Shuningdek, vatanparvarlik va milliy gʼurur tushunchalarining mohiyati, ularni insonning qadr topishidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur darslar belgilangan dars jadvaliga muvofiq yil yakuniga qadar davom etadi.
Direktor “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
- Post author:adm
- Post published:07.04.2025
- Post category:Madaniy-ma’rifiy tadbirlar / Yangiliklar