You are currently viewing Direktor tabrigi

Direktor tabrigi

                     Qadrli hamkasblar, aziz talaba -yoshlar hamda filialimiz jamoasi!

     Shu kunlarda har birimiz o’z hayotimizda o’chmas iz qoldirgan 2023-yil bilan xayrlashib, ezgu qadamlar bilan kirib kelayotgan 2024-yilni ko’tarinki kayfiyat va yaxshi niyatlar bilan qarshi olmoqdamiz.

    Fursatdan foydalanib, filial jamoasini ushbu qutlug’ ayyom – kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

   Yangi yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin!

    Yangi yilingiz muborak bo’lsin!

Hurmat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich