Bugun, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori, Otamuradov Furqat Abdukarimovich talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Termiz shahridagi ijara xonadonlari va talabalar turar joylarini ko‘zdan kechirdi.
Direktorning bu tashrifi filialda talabalarning nafaqat ilmiy, balki kundalik hayoti uchun ham sharoitlarni yaxshilash borasidagi e’tiborining yana bir ko‘rsatkichi bo‘ldi.
Talabalar turar joylarining holati, yashash sharoitlari va kundalik muammolarni bartaraf etish masalalari rahbar tomonidan batafsil o‘rganildi.
Filial rahbari turli xonadonlarning holatini o‘rganib, talabalar bilan bevosita muloqot qildi.
Direktor Furqat Abdukarimovich, o‘rganish jarayonida talabalar bilan suhbatlashib, mavjud sharoitlar va talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida kelgusida ularni yaxshilash uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning qulayliklarini ta’minlash bo‘yicha filial rahbariyati tomonidan yangi tashabbuslarga doim tayyorligi aytib o‘tildi.
Bu tashrif, filial rahbariyatining talabalarning ijtimoiy farovonligi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga doir masalalarni birinchi o‘rinda turishini ko‘rsatadi.