Bugun TTA Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich hamda filialning klinik ordinatoriga talabgor yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ochiq muloqotda filialda qo‘shma dastur bo‘yicha o‘quv jarayonlari, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning mohiyati tushuntirildi.
Samimiy va do‘stona kayfiyatda o‘tkazilgan uchrashuvda klinik ordinatoriga talabgor yoshlarning qo‘shma dastur bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalari, talab va takliflari tinglandi hamda talabgor yoshlar o‘zlarining qiziqtirqan savollariga javob olishdi.