You are currently viewing Direktor va yoshlar uchrashuvi

Direktor va yoshlar uchrashuvi

Bugun TTA Termiz filiali axborot resurs markazida filial direktori F.Otamuradov filialning 1-kurs talaba-yoshlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida direktor kelayotgan yangi yil bayrami bilan barcha talaba-yoshlarni tabrikladi. Shuningdek, bugungi kunda ta’lim va tarbiyaga qaratilayotgan e’tibor va islohotlarning samarali natijalari, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda har bir yosh o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib chiqishga intilishi lozimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari F.Otamuradov filialda yoshlar faolligini jadallashtirish, tashabbuskorlik va kreativlikni oshirish kabi qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv davomida kuni kecha o‘tkazilgan «Samarqand 2020» IV xalqaro olimpiadasida g‘olib bo‘lgan talabalarni taqdirladi.

Direktor har bir talabaning fikri rahbar uchun muhim ekanligini ta’kidlab, bu borada talabalarda fikr-mulohaza va takliflar bo‘lsa, murojaat qilishlari mumkinligini aytib o‘tdi.