“Direktor va yoshlar uchrashuvi” – muammolar, takliflar va ularning yechimlari, ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar. Shu mavzuda TTA Termiz filiali 1-kurs talabalari ishtirokida “Direktor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib oʻtdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda filial direktori F. Otamuradov tomonidan filialning tarixi va buguni haqida qisqacha ma’lumot berilib, bugungi davr talabasi uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar, oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va ularga yoshlarning qo‘shayotgan hissasi borasida fikr bildirildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning tashkil etilishi, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan to‘garaklar, filialning ichki tartib-qoidalari haqida so‘z yuritildi.