You are currently viewing Direktor va yoshlar uchrashuvi

Direktor va yoshlar uchrashuvi

Direktor va yoshlar uchrashuvi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talabalarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ta’lim jarayonidagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning samarali yechimlarini topish maqsadida “Direktor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida filial direktori F.Otamuradov talabalar bilan ochiq, samimiy va erkin muloqot olib bordi. Talabalar tomonidan dars jarayonining sifati, amaliyotlarni takomillashtirish, moddiy-texnik baza, yotoqxona sharoitlari, kutubxona fondini boyitish hamda talabalar hayoti bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Direktor har bir savol va murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimlari yuzasidan tavsiyalar berdi.

Uchrashuv talabalarga nafaqat o‘z fikrini erkin bildirish imkonini yaratdi, balki ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lida hamkorlik va o‘zaro mas’uliyat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.