You are currently viewing Direktor va yoshlar uchrashuvi: yutuqlar,faollik va intilish.

Direktor va yoshlar uchrashuvi: yutuqlar,faollik va intilish.

Direktor va yoshlar uchrashuvi

   TTA Termiz filialida “Direktor va yoshlar uchrashuvi”, doirasida ochiq muloqotlar davom etmoqda.
  Navbatdagi ochiq muloqotda filial direktori F. Otamuradov talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlari, o’z ustilarida tinmay izlanishlari, yuksak salohiyat va bilimga ega bo’lishlari uchun sharoit yetarli ekanligi, ularning bugungi izlanishlari jamiyatimizning rivojlanishida muhim vosita ekanligi haqida ta’kidlab oʻtdi.
  Tashkil etilgan uchrashuvda TTA Termiz filiali direktori talabalarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, ijtimoiy hayotdagi faolligi va ularning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rniga alohida to‘xtaldi.

Direktor va yoshlar uchrashuvi

   Ochiq muloqotda  talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi, fikr va takliflar tinglandi.
  Bunday muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni kelajakdagi rivojlanish yo‘liga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.