You are currently viewing Direktorning birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Direktorning birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov TTA Termiz filiali hamda Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (PIMU) bilan qo’shma ta’lim dasturi asosida o’qitish olib borilayotgan birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida direktor davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga, xususan tibbiyotga qaratilayotgan e’tibor va sohadagi islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

   Shuningdek, yoshlar o‘zlarining kelajak bunyodkori ekanliklarini mas’uliyat bilan chuqur his etib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishga intilishlari lozimligini ham alohida ta’kidladi.

    Suhbat so‘ngida filial direktori har bir talabaning mavjud muammo va takliflari doimo e’tiborda ekanligi va hamisha ular bilan muloqotga tayyor ekanligi bildirib o‘tdi.