Ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- kafedralar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
- kafedralarni ilmiy tadqiq etishning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish va institutning ilmiy – tadqiqot faoliyati mavzusini shakllantirish;
- fundamental, amaliy, innovatsion grantlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish;
- professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy malakasini oshirish;
- monografiyalar, ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yozish va nashr etishga tayyorlash;
- ilmiy maqolalar va tezislarni ko‘rib chiqish;
- talabalar ilmiy tadqiqotlari, ma’ruzalari va talabalarni loyihalarga jalb qilish;
- ilmiy nashrlar, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik;
- o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati asosan ularning tadqiqot yo‘ nalishlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek xo‘jalik shartnomalari va innovatsion loyihalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi;
- xalqaro, respublika va oliy o‘quv yurtlari konferensiyalarida, ilmiy maqolalarda chop etilgan ma’ruzalar tezislari soni ortib bormoqda, uslubiy ko‘rsatmalar, o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarni ishlab chiqish va nashr etish uchun materiallar ajratilmoqda.