You are currently viewing “Dolzarb 90 kun” doirasida TTA Termiz filiali xodimlari obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda

“Dolzarb 90 kun” doirasida TTA Termiz filiali xodimlari obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda

Ekofaol xodim

TTA Termiz filiali jamoasi “Dolzarb 90 kun” umumxalq tashabbusi doirasida faol ishtirok etmoqda. Filial xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Tashabbus doirasida filial jamoasi hududdagi daraxt va butalarni parvarishlash, chiqindilarni tozalash ishlari bilan shug‘ullanishmoqda. Maqsad — yashash va ishlash hududlarini yanada chiroyli, ozoda va qulay holatga keltirishdir.
Mazkur tadbirlar nafaqat ekologik muhitni yaxshilashga, balki aholi orasida atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.