You are currently viewing Dolzarb 90 kunlik

Dolzarb 90 kunlik

90 kun

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida tibbiyot sohasida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida “Biznis marafon” motivatsion treningi tashkil etildi.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda Termiz shahrining ko’zga ko’ringan «Sino med» klinikasi rahbari Aminjonov Erkin Rahmatullayevich filial o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Hojiev, filial talabalar amaliyoti bo’limi J.T.Berdiyev, H.A.Jabborova, hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Seminar treningda mutaxassis tomonidan o’zining ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari, kasbiy faoliyati, ilk qadamlari yo’lida uchragan qiyinchiliklar, muvaffaqiyatlar va kelajakdagi rejalari haqida fikrlar bildirildi.
Ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.