Donorlar beg‘araz yordam ko‘rsatuvchi ezgu niyatli insonlardir. Chunki ular qonga muhtoj minglab odamlarning hayotini saqlab qoladi.
Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab»Bor mehrimiz senga bolajon», «Unutma! sening qoning uning hayotini saqlab qoladi!» shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Ushbu aksiyaga faol ishtirok etishni istagan TTATF professor – o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari joriy yilning 17 –yanvar kuni viloyat qon quyish markaziga borishlari mumkin.
Donorlik aksiyasiga faol qatnashing va kimnidir hayotiga quvonch ulashing.