You are currently viewing Dual ta’lim — nazariya va amaliyot uyg‘unligi

Dual ta’lim — nazariya va amaliyot uyg‘unligi

Dual ta’lim talabalarning oliy ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni egallashi bilan bir qatorda, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bevosita amaliyot o‘tashi, kasbiy ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi samarali ta’lim tizimidir.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida dual ta’lim tizimi izchil yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bakalavriat, klinik ordinatura hamda magistratura talabalarining yetuk, raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Dual ta’limning asosiy maqsadlari:

talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash;

ta’lim olayotgan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;

talabalarning kasbiy qiziqishi va mustaqil faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishdan iborat.

Joriy yilning 2025-yil 18–20-dekabr kunlari klinik ordinatorlar urologiya va bolalar xirurgiyasi fanlari bo‘yicha dual ta’lim dasturi doirasida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining urologiya va xirurgiya bo‘limlarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlarida bevosita ishtirok etdilar.

Shuningdek, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida:

elektrokardiografiya (EKG) tekshiruvini o‘tkazish,

gematologiya bo‘limida qorin paypaslash (palpatsiya) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni bajarish jarayonlarida faol qatnashdilar.

Mazkur amaliy mashg‘ulotlar klinik ordinatorlarning kasbiy tajribasini boyitib, nazariy bilimlarni real klinik holatlar bilan uyg‘unlashtirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.