Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari ishtirokida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK Surxondaryo viloyati vakili Lutfullo G‘oibov tomonidan o’quv-seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda, “E-auksion” elektron savdo platformasining xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati, shuningdek, “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi, mazkur platformada realizatsiya qilinadigan mulk turlari, xususan yer uchastkalari hamda savdoda turgan boshqa mulklar, ko‘chma savdo joylari haqida tushunchalar berildi.