You are currently viewing Elga xizmat-oliy himmat.

Elga xizmat-oliy himmat.

   TTA Termiz filiali prfessor-o‘qituvchilari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
   Bugun TTA Termiz filiali tashabbusi bilan Termiz tumanining chekka bir hududi hisoblangan “Gulbahor” mahallasida chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

   Tibbiy ko‘rik TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilaridan iborat 20 ga yaqin mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi. Mutaxassislar orasida endokrinolog, kardiolog, okulist, ginekolog, nevrolog, lor, terapevt, pediatr kabi bir qancha mutaxassislar bemorlarni ko‘zdan kechirishdi.

    Tibbiy ko‘rikda keksalar, nogironlar, tug‘ish yoshidagi ayollar, surunkali xastalik bilan og‘riyotgan fuqarolar hamda kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar vakillari alohida e’tibor qaratildi.