You are currently viewing Endokrinologiya markazida global muloqot: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar muhokamada!

Endokrinologiya markazida global muloqot: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar muhokamada!

Ayni daqiqalarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali tashabbusi bilan “Endokrinologiyada dolzarb muammolar” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur anjuman — endokrinologiya sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlar, innovatsion yondashuvlar va mavjud muammolarga samarali yechimlar muhokama qilinayotgan muhim ilmiy platformadir. Unda mahalliy va xorijiy olimlar, tajribali mutaxassislar hamda sohaning yetakchi ekspertlari faol ishtirok etmoqda.

Ilm-fan, tajriba va hamkorlik uyg‘unlashgan ushbu anjuman tibbiyot sohasining rivojiga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biridir.