You are currently viewing “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining filial bosqichi o‘tkazildi.

“Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining filial bosqichi o‘tkazildi.

Esselar tanlovi

Oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsion holatlarning oldini olish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim bosqichi talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining filial bosqichi o‘tkazildi.

Hakamlar hay’atining qarorga ko‘ra:

1-o‘rin: Pediatriya fakulteti 103-A guruh talabasi Ro‘ziqulov Tohir (95 ball)
2-o‘rin: Pediatriya fakulteti 102-B guruh talabasi Xolmaxmatova Sevinch (90 ball)
3-o‘rin: Pediatriya fakulteti 103-guruh talabasi To‘ychiev Javoxir munosib deb topildilar (88 ball).