Habaringiz bor, Viloyat hokimligi tashabbusi bilan haftaning har shanba kuni viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida reja-grafik asosida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazilib kelmoqda.
Shu munosabat bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali ma’muriyat xodimlari hamda professor-o’qituvchilari bugun 17-iyun kuni ertalabki soat 6:30 da «Alpomish» stadionida bo’lib o’tgan badantarbiya mashg’ulotlarida ishtirok etishdi.