6 / 100 SEO Score

ABITURIYENTGA ESLATMA!

Hurmatli abituriyentlar! 2025-yil 5-iyun kuni 2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Bunda, abituriyent telefon raqami avtorizasiyadan o‘tkaziladi;
Pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi,imtiyozlar mavjud bo‘lsa hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat m’lumotlari kiritiladi.
Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish bilim va malakalarni baholash agentligi «Virtual markaz» interaktiv xizmatlar portali my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish 25 iyunga qadar davom etadi va abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2025/2026 o‘quv yili uchun onlayn va oflayn ma’lumotlar olish mumkin.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 2025/2026 o‘quv yili uchun mas’ul shaxs
Mustanov Javoxir Abdusamat o‘g‘li.