TDTU Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan Rektorlar yig‘ilishida ta’lim sifatini oshirish, tibbiyot sohasida samaradorlikni kuchaytirish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, amaliyot va nazariya uyg‘unligini ta’minlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Yig‘ilishda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yosh mutaxassislarni mehnat bozoriga moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Kelajakka qadam” va “Kelajak tadbirkori” dasturlarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati hamda talabalarning innovatsion fikrlashi va startap tashabbuslarini rivojlantirish bugungi ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.