You are currently viewing Fikr kuchi va so‘z sehri

Fikr kuchi va so‘z sehri

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali psixologi G.G‘oziyeva tomonidan talabalarga motivatsiya berish maqsadida “Fikr kuchi va so‘z sehri” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.

    Treningda talaba – yoshlarga sog‘lom psixologik muhit yaratish va intelektual taraqiqiyot bo‘sag‘asida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o‘z vaqtida oldini olish borasida fikrlar aytildi.

   Shuningdek, o’tkazilgan treningda psixolog nevrotik holatlarni bartaraf etish, shaxs xislatlari, irodaviy sifatlarni, his tuyg‘ularni, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlarini yaratish asosiy maqsad ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.