You are currently viewing Filialimizni yashil makonga aylantiraylik!

Filialimizni yashil makonga aylantiraylik!

Yashil makon

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Tabiatni asrash va ekotizimni yaxshilash maqsadida jami 1200 ta manzarali buta ko‘chatlari hamda 200 ta mevali daraxt ko‘chatlari olib kelinib o‘tkazish ishlari boshlandi.

Ekologik madaniyatni oshirish, hududimizda sog‘lom va sof havoli muhit yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur aksiyada filialning professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda faol talaba-yoshlari ishtirok etmoqda.

Bu ishlar orqali nafaqat filial hududi yashillashadi, balki yoshlar o‘rtasida tabiatga mehr, ekologik ong va mas’uliyat hissi yanada mustahkamlanadi.

Barchamizni birlashtirgan umumiy maqsad — yashil, toza va go‘zal muhit yaratish!