Unda Imom Termiziy Xalqaro ilmiy – tadqiqot markazi ilmiy xodimi S. Saidov, din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi F. Abdumannatov, Viloyat IIB TQX TQKB katta mutaxassisi I. Suyunov hamda filial professor – o‘qituvchilari, talaba – yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar ko‘pgina davlatlarda diniy-ekstremistik, terroristik guruhlarga qarshi harakatlarga nisbatan olib borilayotgan murosasiz yondashuv natijasida guruh a’zolari o‘z harakatlarini xufyona targ‘ibot-tashviqot yo’li bilan jumladan g‘oyalarini internet orqali tarqatib faoliyatlarini namoyon etayotgani xususida so‘z yuritishdi.